» » Oliy Liga. “Olmaliq” ilk bor o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi. “Paxtakor” va “Nasaf” “Bunyodkor”dan o‘zib ketdi

Oliy Liga. “Olmaliq” ilk bor o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi. “Paxtakor” va “Nasaf” “Bunyodkor”dan o‘zib ketdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 19-turidan qolib kelayotgan uch bellashuv kecha — 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. “Nasaf”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ikkitadan ortiq futbolchisini bergani uchun, 19-tur bellashuvlarini qoldirishni so‘rab murojaat qilgandi.

Chempionlik poygasida ishtirok etayotgan mazkur klublarning barchasi kecha 3 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda “Nasaf” Igor Shkvirin murabbiylik qilayotgan jamoani safardan yirik hisobda yengishga muvaffaq bo‘ldi.

“Olmaliq” esa mavsumdagi ilk uy mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Viktor Kumikov shogirdlari “Lokomotiv”ga qarshi Toshkentda kechgan ilk o‘yinda 0:5 hisobida yengilgandi. Bu safar natija biroz yaxshilandi — 1:3.

Va nihoyat Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” Muborakning “Mash’al” klubini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar 2-davra startidan buyon hech qaysi o‘yinda imkoniyatni boy bermagan, so‘nggi turni Qo‘qonda o‘tkazib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
19-tur bellashuvlari
26-sentabr, seshanba

Gollar: Igor Golban, 34 (0:1). Jasur Hasanov, 35 (0:2). Islom Kenjaboyev, 74 (0:3).

Gollar: Marat Bikmayev, 44 (0:1). Igor Yelich, 49+ (1:1). Ikrom Aliboyev, 61 (1:2). Sardor Mirzayev, 90 (1:3).

Gollar: Igor Sergeyev, 12 (1:0). Marko Simich, 38 (2:0). Sardor Abduraimov, 53 (2:1). Gidi Kanyuk, 86 (3:1).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют