» » Golden House yordamida 40 dan ziyod fuqaro Toshkent propiskasiga ega bo‘ldi

Golden House yordamida 40 dan ziyod fuqaro Toshkent propiskasiga ega bo‘ldi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 17-iyulda qabul qilingan 527-sonli qarori asosida qonunchilikka ayrim o‘zgartirishlar kiritildi hamda doimiy ro‘yxatda bo‘lmaganlar, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyati berildi.

Mazkur qaror kuchga kirgandan buyon bugunga qadar Golden House yetakchi kompaniyasining yangi qurilgan uylaridan 43 ta oila qulay kvartiralar xarid qildi.

Birlamchi ko‘chmas mulkka talab ikki barobarga oshgan va bu holat kompaniyaning savdosiga ijobiy ta’sir o‘tkazib, turar joy majmualarida hali sotilmagan yangi kvartiralar soni tobora kamayib bormoqda.

Eslatib o‘tish joizki, yangi turar joylarda poytaxt hududida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilinadigan kvartiralar uchun to‘lov eng kam oylik ish haqining 2 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi (xorijliklarga 150 ming AQSh dollari), hisob-kitoblar esa bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan summadan yuqori bahoda yangi uy xarid qilgan respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga poytaxtda turar joyga ega bo‘lish bilan bir qatorda Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskadan o‘tish imkoniyati ham taqdim etiladi.

Bunda ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun O‘zbekiston fuqarolari uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdorida, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga esa shartnoma summasining 10 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Ko‘pchilik bugungi kunda doimiy propiskani yangi turarjoyni qurgan quruvchi kompaniya beradi, degan xato fikrda, biroq bu bosqich ichki ishlar organlari zimmasiga o‘tadi va u notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishni rasmiylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi.

Boshqa mintaqalarda doimiy ro‘yxatda turadiganlar investitsiyaviy shartnoma bo‘yicha turar joy ko‘chmas mulkini qo‘lga kirita olmaydi, ya’ni hali qurilishi davom etayotgan obyektdan kvartira xarid qilish huquqiga ega emas. Chunki Nizomga ko‘ra, yangi qurilayotgan turar joylardagi ko‘chmas mulkka tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoning ekspluatatsiyaga qabul qilish to‘g‘risida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qaroridan so‘ng mulk huquqi yuzaga keladi va ushbu qaror qabul qilinganidan keyin uch yil o‘tmagan bo‘lishi kerak.

Bugungi kunda kompaniya primial klassdagi ikki turar joy majmuasi — “Parisien” deb ataluvchi fransuzcha kvartal va “Novza” turar joy majmuasini qurish ishlarini olib bormoqda.

“Parisien” obyektini ekspluatatsiyaga topshirish shu yilning oxiriga mo‘ljallangan, binobarin, bu turar joy majmuasida respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tez orada oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra kvartiralar xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют