» » Shoakrom Isroilov O‘zDJTI rektorligidan ketdi. U endi O‘FF prezidentining birinchisi yordamchisi bo‘ldi

Shoakrom Isroilov O‘zDJTI rektorligidan ketdi. U endi O‘FF prezidentining birinchisi yordamchisi bo‘ldi


O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti sifatida tanishtirilgan Shoakrom Isroilov O‘zbekistn davlat jismoniy tarbiya instituti rektorligidan ketgan. Bu haqda jurnalistlar bilan matbuot anjumanida O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov ma’lum qildi.

15 kun avval bo‘lib o‘tgan O‘FFning hisobot-saylov konferensiyasida yangi prezident Umid Ahmadjonovning o‘rinbosarlari tanishtirilgandi. Jurnalistlar shu masalaga e’tibor qaratib, o‘rinbosarlarning asosiy ishi umuman boshqa ekani, ular kun-u tun futbol haqida o‘ylay olmasligi borasidagi savol bilan murojaat qildi.

Yangi jamoa tuzayapmiz. Shoakrom Isroilov jismoniy tarbiya institutidagi ishidan ketib, to‘lig‘icha O‘FFga o‘tdi. Aynan shu inson mening birinchi yordamchim bo‘ladi. Bundan tashqari, maslahatchi lavozimini ham joriy qilmoqchimiz.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Maslahatchi kim bo‘lishi masalasiga Umid Ahmadjonov oydinlik kiritmagan. Qayd etish kerak, bunga qadar tashkilot vitse-prezidentlari sifatida ishlab kelgan Sardor Rahmatullayev hamda Asqar Tolibjonovning keyingi taqdiri hanuzgacha oshkor qilinmagan. Ular ishdan ketgani yoki ishida saqlab qolingani borasida aniq ma’lumot yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют