» » PFLning yangi ishchi guruhi “Barselona”da ish o‘rganadi, O‘FF ishchilarining esa 90 foizi o‘zgaradi

PFLning yangi ishchi guruhi “Barselona”da ish o‘rganadi, O‘FF ishchilarining esa 90 foizi o‘zgaradi


Jurnalistlar bilan matbuot anjumaniga tashrif buyurgan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining kelgusi taqdiriga oydinlik kiritib o‘tdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

PFLning moliyaviy holatini o‘rganib chiqish boshlangan. PFL va klublarni kuchaytirmasak, terma jamoamiz jabr chekib yuraveradi. Tashkilot tuzilmasini ko‘rib chiqqanimizdan keyin, ishchi guruhni “Barselona” va boshqa kuchli klublarda ish o‘rganishga yuboramiz. Xodimlarimiz 10—15 kun davomida o‘sha yerda tajriba to‘plashadi.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Matbuot anjumanida jurnalistlar O‘FFning sobiq vitse-prezidentlari Sardor Rahmatullayev va Asqar Tolibjonov ishonchni oqlay olmagani haqida aytib, yangi prezidentdan ular bilan ishlashga tayyor yoki yo‘qligini so‘radi.

Savolingizga qisqa javob beramiz: O‘FFda ishlagan 90 foiz odam almashadi. Yangi kadrlarni tanlov asosida tanlab olmoqchimiz.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Tashkilot prezidenti O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ko‘rib chiqilayotgani haqida aytdi. Ular 4 yoki 5 nafarni tashkil qiladi. Vaziyat muzokaradan nariga o‘tmagani uchun, Umid Ahmadjonov nomzodlar nomiga oydinlik kiritmadi. Shuningdek, jurnalistlar taklifini o‘rganib chiqishga tayyorligini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют