» » Saudiya Arabistoni podshohi ayollarning mashina haydashiga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni podshohi ayollarning mashina haydashiga ruxsat berdi


Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz as-Saud ayollarga haydovchilik guvohnomasi olish va avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Shu vaqtgacha Saudiya ayollar mashina haydashi man etilgan dunyodagi yagona davlat bo‘lib kelayotgan edi, deya xabar beradi Meduza.

Farmoni oliyga ko‘ra, ayollarga 2018-yil iyunidan boshlab haydovchilik guvohnomalari berilishi boshlanadi. Bu jarayon qay tarzda amalga oshirilishi, erkaklar topshiradigan imtihondan farqlanishi yoki yo‘qligi hozircha mavhum bo‘lib turibdi.

Saudiya Arabistoni rasmiylari ayollarning avtomobil haydashiga nima sababdan ruxsat berishga qaror qilgani ma’lum emas.

Saudiya Arabistonida ayollarning mashina haydashiga nisbatan taqiq 1957-yildan beri amal qilib kelayotgan edi. Taqiqning buzilishi bir necha bor hibsga olish va boshqa ma’muriy choralar bilan jazolangan. Ayollarga faqat umumiy trassalarda avtomobil haydash taqiqlangan, xususiy uy-joy hududida ularning rulga o‘tirishiga ruxsat bor edi.

Saudiya Arabistonida ayollarning mashina haydashiga nisbatan joriy etilgan taqiqqa qarshi bir necha bor norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. 2014-yili huquq himoyachisi Luojan Xatlul taqiqqa norozilik ramzi sifatida Saudiya hududiga avtomobilda kirishga uringan, oqibatda 73 kun hibsda o‘tirib chiqqan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют