» » O‘zbekiston banklarining hududiy filiallaridagi har bir xodim 5 nafardan terimchini paxtaga jalb qiladi

O‘zbekiston banklarining hududiy filiallaridagi har bir xodim 5 nafardan terimchini paxtaga jalb qiladi


Davomi: MB raisi o‘rinbosari Shuhrat Atabayev: Bankir xodimlarini paxta terimiga chiqaringlar, degan topshiriq yo‘q

O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatdagi tijorat banklari rahbarlari va MBning hududiy bosh boshqarmalari boshliqlariga 2017-yilgi paxta yig‘im-terimiga ko‘maklashishga qaratilgan xat yo‘lladi.

26-sentabr chiqarilgan xatning surati ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram messenjerida tarqalib ketgan. “Kun.uz” nashri esa bir-biridan mustaqil ikki manbadan faks orqali qabul qilingan shunday xatning suratlarini olgani haqida xabar berdi.

Xatda tijorat banklari boshqaruvi raislari va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari boshliqlaridan 2017-yilgi paxta hosilini yig‘ib-terib olishga ko‘maklashish maqsadida bankning hududiy filiallarida ishlayotgan har bir xodim 5 nafardan terimchini paxta yig‘im-terimiga jalb etishi so‘ralgan.

O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan hozircha hech qanday izoh bergani yo‘q. Xat “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi bilan chiqarilgan bo‘lib, MB matbuot xizmati bunday grifli ma’lumotlar bo‘yicha axborot bermaydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют