» » Toshkent temir yo‘l vokzalida aravakash xizmatidan foydalanish qancha turadi?

Toshkent temir yo‘l vokzalida aravakash xizmatidan foydalanish qancha turadi?


Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchisi Toshkent vokzalida hammollar xizmati narxi haqida norozilik bildirib post qoldirgach, vokzal boshlig‘i shu munosabat bilan alohida majlis o‘tkazib, muammoni zudlik bilan hal qildi. Bu haqda “Potrebiteli.uz” saytida aytiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zosi Toshkent Markaziy vokzalida “5000 so‘m” deb yozib qo‘yilgan aravaga yaqin kelganida, hammol, bu eski narx ekanligini, aslida aravada yuk tashib berish uchun xizmat haqi 10 ming so‘m ekanligini, har bitta ortiqcha yuk uchun narx o‘sib borishini aytgan.

Foydalanuvchi bu haqda post qoldirgach, unga yarim soat ichida O‘zbekiston temir yo‘llari vakili munosabat bildirgan va so‘rov vokzal rahbariyatiga yetkazilishini aytgan. Uning aytishicha, vokzalda hammollar xizmati haqiqatan ham 5 ming so‘m. Bundan tashqari, u yerda 50 ta aravacha yo‘lovchilar bepul foydalanishi uchun ajratilgan.

Muammoga to‘rt kun ichida nuqta qo‘yildi. Ma’lum bo‘lishicha, vokzal boshlig‘i voqeadan xabar topgach, yig‘ilish o‘tkazib, o‘sha hammolga hayfsan bergan, boshqalari ham narxlarni o‘zboshimchalik bilan belgilamaslik haqida ogohlantirilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют