» » AQShda navbatda turish uchun odam yollaydigan mobil dastur ishga tushdi

AQShda navbatda turish uchun odam yollaydigan mobil dastur ishga tushdi


Avstraliyalik ishlab chiquvchilar jamoasi ham iOS, ham Android bazasidagi smartfonlar uchun navbatlarda kutishni xohlamagan odamlarga yordam berishga mo‘ljallangan mobil dasturni chiqardi, deb yozadi “TASS”.

Placer deb nomlanuvchi dastur oddiy tamoyil bo‘yicha ishlaydi. Uzundan-uzoq navbatda turib, o‘z gali kelishini kutishni istamagan foydalanuvchi xaritada o‘zi turgan joyini aniq qilib ko‘rsatadi va navbatda turishga tayyor odam — “pleyser”ni tanlaydi hamda u yetib kelgach, u bilan joy almashadi. Dastur foydalanuvchini uning navbati yetib kelishiga qancha vaqt qolgani haqida ogohlantirib turadi. “Mijoz” vaqtida qaytib kelib, o‘z o‘rniga turib olishi kifoya.

Xizmat haqi taxminan 25—30 dollar atrofida bo‘lib, uni maxsus saytda ro‘yxatdan o‘tgan “pleyser”larning o‘zlari o‘z reytingi, ob-havo sharoiti va navbatda turiladigan tumandan kelib chiqib belgilaydi.

Dastur hozircha sinov rejimida ishlamoqda, u muvaffaqiyatli natijani ko‘rsatgan taqdirda, AQSh va Yevropaning boshqa shaharlarida ham ishga tushadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют