» » Zangiotaning Shifobaxsh suvlar ko‘chasida lak-bo‘yoq sexi yonib ketdi

Zangiotaning Shifobaxsh suvlar ko‘chasida lak-bo‘yoq sexi yonib ketdi


Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi ishlab chiqarish sexlaridan birida 20-sentabr kuni yong‘in yuz bergan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, tumanning Shifobaxsh suvlar ko‘chasida joylashgan Original Colormix kompaniyasiga tegishli lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz bergan.

Hodisa oqibatida sexning 60 kvadrat metr maydonda tomi va sex ichidagi lak-bo‘yoq mahsulotlari yongan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

“Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, yong‘in sababi aniqlanmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют