» » Akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi

Akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi va ularga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar berdi O‘zA.

Qarorda akademik litseylardan uzoq joylashgan hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar belgilangan tartibda yotoqxona hamda ota-onalar to‘lovi hisobiga (har oyda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida) xarajatlarni qisman qoplagan holda, imtiyozli oziq-ovqat bilan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi.

2018/2019-o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar qabuli to‘xtatilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o‘quvchilari mazkur akademik litseylarda ta’limni amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha belgilangan tartibda yakunlaydilar va ularga davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomi beriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют