» » Qanday qilib oshxonani tez tartibga keltirish mumkin? 8 ta foydali maslahat

Qanday qilib oshxonani tez tartibga keltirish mumkin? 8 ta foydali maslahat


Biz ko‘p vaqtimizni oshxonada o‘tkazamiz, shuning uchun ham u yerda hamma narsa joyida bo‘lishini xohlaymiz. Choynak devorlaridagi qasmoqlar, mikroto‘lqinli pech ichidagi qotib qolgan yog‘ va plita ustiga to‘kilgan qahva dog‘lari… Bizning maslahatlarimiz sizga bu muammolardan tez va qiyinchiliksiz qutulishga yordam beradi deb umid qilamiz.

Biz oshxonada mikroto‘lqinli pechdan ko‘proq foydalanamiz. Uning ichidagi yog‘ qatlamlarini qanday tozalash mumkin?

Bir necha dona ho‘l salfetkalar oling va pechning ichiga qo‘ying, 5-10 daqiqaga eng yuqori quvvatda yoqib qo‘ying.

Ikkinchi usul: yarimta limon sharbatini bir piyola suv bilan aralashtiring, suyuqlikni mikroto‘lqinli pech ichiga qo‘ying va besh daqiqaga eng yuqori quvvatda yoqib qo‘ying. Yana 10 daqiqa kuting va qog‘oz salfetka bilan artib oling.

Oshxona mebelidagi yog‘ qatlamlarini qimmatbaho yuvuvchi vositalarini ishlatmasdan ham ketkazish mumkin. Iste’mol sodasiga biroz o‘simlik yog‘idan aralashtirish va qattiqroq cho‘tka yordamida mebelning hamma yuzalarini tozalab chiqishning o‘zi yetarli. Keyin esa toza ho‘l latta bilan artib tashlanadi.

Shisha tovani tozalashda oddiy folgadan foydalanishingiz mumkin. Uni g‘ijimlang va gubka sifatida ishlating. Kuyindi dog‘lari qanday tez ketishini ko‘rasiz.

Oshxona ichidagi yoqimsiz hidlarni ketkazish uchun limon yoki apelsin po‘choqlarini yoqing — bu hidlarni ketkazishning eng oddiy va foydali usullaridan biri.

Gaz plitasi ustiga folga to‘shang. Taomlarni tayyorlab bo‘lganingizdan keyin esa kirlangan folgani olib tashlaysiz.

Rakovina yuzasini tuz va limon bilan artib tashlasangiz — u yaltirab ketadi va oshxona havosi ham yoqimli bo‘ladi.

Choynak ichidagi qasmoqlarni ketkazish uchun, uning ichiga limon kislotasi seping yoki yarim piyola sirka quying, suv soling va olovga qo‘ying. Choynak ichidagi suv qaynagandan so‘ng, 20 daqiqa olib qo‘ying. Keyin esa suvini to‘king va sovuq suvda yaxshilab chayqab tashlang. Bu amalni yana bir marta takrorlang.

Idish yuvadigan gubkalarni har hafta almashtirish kerak. Lekin shunday vaziyatlar bo‘ladiki, yangi gubka bilan biron-bir yopishqoq yoki yog‘li narsani artishga to‘g‘ri keladi… Uni tashlab yuborishga shoshilmang: gubka va lattalarni idish yuvadigan mashinada 40 daqiqa davomida yuvsangiz ular yana yangidek bo‘ladi.

Manba: “Woman.ru”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют