» » Avstraliyada yuk mashinasi avtomatik ravishda ochilgan Tesla Model X’ning eshigini uzib ketdi

Avstraliyada yuk mashinasi avtomatik ravishda ochilgan Tesla Model X’ning eshigini uzib ketdi


Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiluvchi veterinar Sem Kovach noxush hodisaga duch keldi: yuk mashinasi uning olti oy oldin sotib olgan Tesla Model X 90D elektrokarining eshigini uzib ketdi, deb xabar berdi TJournal.

Kuzatuv kamerasi yozib olgan videodan ko‘rish mumkinki, elekrokarning old eshiklari avtomatik ravishda ochilgan va bu vaqtda yo‘ldan o‘tayotgan yuk mashinasi uning eshini uzib ketgan. Kovach bu vaqtda ishda bo‘lgan va ushbu voqea haqida unga hamshiralardan biri xabar bergan.

Elektrokar egasining ta’kidlashicha, avtomobil yopiq bo‘lgan va uning kaliti 25 metr uzoqlikda, veterinariya klinikasining binosida turgan. Noxush hodisadan so‘ng, Kovach Tesla kompaniyasiga murojaat qilgan. Unga avtomobilni evakuator yordamida xizmat ko‘rsatish markaziga olib kelishini taklif etishgan, biroq elektrokar ishlab chiqaruvchilar mashinani olib ketishga ketadigan chiqimlarni to‘lashdan bosh tortgan.

Natijada Kovach elektrokarini o‘z hisobidan olib borishga rozi bo‘lgan. Oradan sakkiz kun o‘tgach, kompaniyadan javob kelgan. Unga ko‘ra, barcha ayb Tesla elektrokarining egasida.

Model X’da qo‘shimcha qulaylik funksiyasi bo‘lib, foydalanuvchi avtomobil brelokini ikki marta bossa elektrokarning old eshiklari avtomatik ravishda ochiladi.

Avtomatik ravishda eshikni ochish funksiyasi qo‘l orqali faollashtirilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun avtomobil egasi elektrokar displeyidan uni yoqishi kerak.

Bizning ma’lumotlar jurnalimizda ko‘rsatilishicha, mijozda ushbu funksiya yoniq bo‘lgan, Tesla’ning ikki eshigi esa elektrokar yaqinidan turib brelokni ikki marta bosish orqali ochilgan.

Tesla vakili

Kovach CarAdvice nashriga bergan intervyusida ushbu versiyani rad etdi va brelokni bosmaganini hamda menyudan ushbu funksiyani yoqishga harakat qilmaganini ma’lum qildi.

Hozirda elektrokar egasi va ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘rtasida bahs davom etmoqda. Tesla vakillari elektrokarni 115 ming dollarga sotib olishni (yangi modelning narxi 197 ming dollar turadi) taklif qilishgan. Shuningdek, kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, vaqt o‘tgan sari Kovachning hikoyasi o‘zgarib ketgan.

Mijoz bilan suhbatimiz vaqtida u nafaqat eshiklarning qanday ishlashini bilishini, balki old eshiklarni ochish uchun brelokni bir necha bor bosganini ham tushuntirib bergandi. Biz ushbu noxush hodisadan hech kim jabr ko‘rmaganidan xursandmiz.

Tesla vakili

Kovach endilikda o‘zini Model X’da xavfsiz his qilmayotganini va elektrokar ishonchsiz ekanligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют