» » Suriyada “Jabhat an-Nusra”ning besh nafar dala qo‘mondoni yo‘q qilindi

Suriyada “Jabhat an-Nusra”ning besh nafar dala qo‘mondoni yo‘q qilindi


Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning ma’lum qilishicha, Suriyaning Idlib shahrida “Jabhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotining besh nafar dala qo‘mondoni yo‘q qilingan. Ular 18-sentabr kuni rossiyalik harbiy politsiyachilarga hujum qilgan jangarilarga boshchilik qilgan, deb xabar berdi “Kommersant”.

Mudofaa vazirligining bayonotida aytilishicha, terrorchilarning hujumidan so‘ng, Rossiya va Suriya Mudofaa vazirliklarining razvedkalari ishtirokida maxsus operatsiya tashkil etilgan. Operatsiya jarayonida “Jabhat an-Nusra”ning dala qo‘monlari qayerda va qachon majlis o‘tkazishi aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Shundan so‘ng, harbiylar aniqlangan joyga aviatsiya orqali raketa zarbalarini bergan.

Besh nafar qo‘mondondan tashqari yana 32 nafar jangari, shuningdek, qurol-aslaha ombori va terrorchilarning 6 ta avtomobili yo‘q qilingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют