» » Dyson changyutgich ishlab chiqarish kompaniyasi 2020-yilga qadar o‘z elektrokarlarini chiqaradi

Dyson changyutgich ishlab chiqarish kompaniyasi 2020-yilga qadar o‘z elektrokarlarini chiqaradi


Britaniyaning Dyson pilesos ishlab chiqaruvchi kompaniyasi endilikda elektrokar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi. Avtomobil 2020-yilda tayyor bo‘ladi, uning ustida 400 dan ortiq “kuchli mutaxassislar” ish olib bormoqda. Loyiha uchun 2,6 milliard dollar tikilgan, deb xabar berdi TJournal.

“Jeyms Dayson hozirgina Dyson xodimlariga batareyali elektrokarlar ustida ish boshlashimizni ma’lum qildi. Avtomobil 2020-yilga tayyor bo‘ladi”, — deyiladi kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida.

Men anchadan beri havoning ifloslanish muammosiga qarshi yechim topishni istardim. Nihoyat hozirda bizning texnologiyalarimizni bitta mahsulotga birlashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Jeyms Dayson, Dyson rahbari

Daysonning The Guardian nashriga ma’lum qilishicha, firma sportkar emas, zamonaviy mashinalardan “tubdan farq qiluvchi” avtomobil yaratishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, mijozlar uning dizaynini ko‘rishni istashsa — kutishlari kerak. Kompaniya rahbari yaratilajak elektrokarning narxini aniqlashtirmadi, biroq avtomobil qimmat bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

The Guardian Dyson’ni Tesla’ning asosiy raqobatchilaridan biri deya baholadi. Tesla’ning Model 3 elektrokari 47 ming dollar, model S elektorkari esa 83 mingdan 175 ming dollargacha turadi.

Dyson kompaniyasiga 1987-yilda asos solingan. U maishiy texnika vositalarini, jumladan, pilesos, ventilyator, isitgich va fen ishlab chiqaradi. So‘nggi yillarda kompaniya Osiyodagi savdo hajmini kengaytirdi, shuningdek, Buyuk Britaniya va Singapurda yangi tadqiqot markazlarini ochdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют