» » Moskva va butun Rossiya Muqaddas patriarxi Kirill boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Moskva va butun Rossiya Muqaddas patriarxi Kirill boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi


Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill boshchiligidagi Rus pravoslav cherkovining Moskva patriarxati delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekistonda 157 ta xristian tashkiloti mavjud. Bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkentda pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Toshkent pravoslav seminariyasida nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari talabalari ham tahsil olmoqda. O‘zbekistondagi xristianlar Rossiya, Isroil, Gretsiya kabi mamlakatlardagi muqaddas qadamjolarga ziyoratga borib kelmoqda.

Toshkent yeparxiyasi joriy yilda o‘zining 145 yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi “Turkiston” saroyida tantanali tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Rus pravoslav cherkovining Moskva patriarxati delegatsiyasi mazkur bayram tadbirida ishtirok etadi.

Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Musulmonlar idorasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. O‘rta Osiyo mitropolit okrugi, poytaxtdagi monastir va cherkovlarga tashrif buyuradi. Din vakillari bilan uchrashadi.

Delegatsiya a’zolari Samarqandga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yadi. Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Alekseyevskiy sobori va boshqa diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiladi. Mehmonlar Buxoroda ham bo‘lib, tarixiy obidalarni tomosha qiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют