» » O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor Ahmadjon Odilov 92 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor Ahmadjon Odilov 92 yoshida vafot etdi


Taniqli jamoat arbobi Ahmadjon Odilov 92 yoshida Namangan viloyati Pop tumanidagi uyida vafot etdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor, Sotsialistik Mehnat qahramoni Ahmadjon Odilovning janozasi 27-sentabr kuni G‘urumsaroyda o‘qilgan.

Ahmadjon Odilov 1925-yili G‘urumsaroyda tug‘ilgan. 1960—1970-yillarda Pop tumanidagi Lenin nomli jamoa xo‘jaligiga raislik, 1970-yillar oxirida Pop tuman agrosanoat kompleksiga rahbarlik qilgan.

1980-yillar o‘rtalarida qo‘zg‘atilgan “Paxta ishi” bo‘yicha ayblanib, qamoqqa olingan, Moskvadagi Butirka qamoqxonasida saqlangan. 1991-yil dekabrida qamoqdan ozod etilgan, biroq 1993-yil iyunida yana ozodlikdan mahrum etilgan. Shu bilan 2008-yil iyunida — 83 yoshida ozodlikka chiqqan.

U sobiq Ittifoq davrida “Sotsialistik mehnat qahramoni” unvoni, uch marta “Lenin” ordeni, bir marta “Oktyabr inqilobi” ordeni bilan taqdirlangan.

“Kommersant” gazetasining 1991-yil aprel sonlaridan birida Ahmadjon Odilovning SSSR Oliy sudida bo‘lib o‘tgan sudi majlisidan tafsilotlar e’lon qilingan. “Odilov: Men alohida bir qishloqda kapitalizm qurdim” sarlavhali maqolada, jumladan, Ahmadjon Odilov tergovni faqat o‘zbek tilida olib borishni, shuningdek, sudga Chingiz Aytmatov va SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovning kelishini talab qilgani haqida so‘z boradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют