» » Barzaniy Iroq hukumatini “muzokaralar uchun eshiklarni yopmaslikka” chaqirdi

Barzaniy Iroq hukumatini “muzokaralar uchun eshiklarni yopmaslikka” chaqirdi


Iroq Kurdistoni prezidenti Masud Barzaniy Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiyni “muzokaralar eshigi”ni yopmaslikka chaqirdi. Bu haqda kurd yetakchisi televizor orqali murojaatida aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Shuningdek, muxtoriyat rahbari qo‘shni mamlakatlarga yuzlanar ekan, “hudud doim mintaqada barqarorlik omili bo‘lganini va shunday bo‘lib qolishini” ta’kidladi.

“Bizning Bag‘dod bilan siyosiy kelishmovchiliklarimiz arab qardoshlarimiz bilan aloqalarimizga ta’sir qilmaydi”, — dedi Barzaniy.

Iroq Kurdistoni muxtoriyatining mustaqilligi haqidagi referendum 25-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi, uning rasmiy natijalari 28-sentabr, payshanba kuni e’lon qilinadi.

Avvalroq Anqara Iroq Kurdistonida bo‘lib o‘tgan mustaqillik haqidagi referendumdan keyin Iroq yordam so‘ragan taqdirda, uning yaxlitligini saqlab qolish masalasida Bag‘dodni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют