» » Etihad Airways uchuvchisi samolyot bortida vafot etdi

Etihad Airways uchuvchisi samolyot bortida vafot etdi


Birlashgan Arab Amirligiga tegishli Etihad Airways aviakompaniyasining uchuvchisi Abu-Dabidan Amsterdamga parvozni amalga oshirayotgan vaqtda vafot etdi. Bu haqda Gulf News’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Noxush hodisa sabab samolyot o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi va u zudlik bilan Kuvaytga qo‘ndi.

Aviakompaniyada ma’lum qilinishicha, samolyot Kuvaytga qo‘nishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan, u yerda shifokorlar guruhi tezda samolyot bortiga yetib kelgan, biroq bunga qadar uchuvchining joni uzilib bo‘lgan.

“Etihad Airways Abu-Dabidan Amsterdamga yuk tashish xizmatini bajargan EY 927 reysi bortida sodir bo‘lgan noxush hodisani chuqur qayg‘u bilan ma’lum qiladi”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют