» » Hind ayollariga xos go‘zallik sirlari

Hind ayollariga xos go‘zallik sirlari


Hind ayollari – latofatning haqiqiy timsoli hisoblanadi. Mashhur go‘zallar o‘zlarining benuqson terisi va hashamatli yaltillagan sochlari bilan tanilgan. Ular go‘zalligining siri nimada?

Ayurveda

Ayurveda – qanday qilib o‘zi va o‘z tanasi bilan uyg‘unlikda yashash haqidagi haqiqiy ilm. Va bu ilmda go‘zallik mavzusi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, ayurvedaga asosan hind ayollari sochlarini hech qachon sovuq yoki haddan tashqari issiq suvda yuvishmaydi. Sochlar uchun foydasi ko‘proq tegishi uchun, uni iliq holda ishlatishadi.

Shuningdek, butun tanada joylashgan energetik nuqtalarga issiqlik orqali ta’sir o‘tkazish uchun yuz va tanaga ishlatiladigan yog‘lar va kremlar biroz isitiladi.

Kukunli niqoblar

Hind ayollari tuproq, zarchiva, xina, no‘xat uni va maydalangan shishikayni yog‘lar, sut va asal bilan aralashtiradilar – va terini namlovchi, yumshatuvchi, teshikchalarini qisqartiruvchi va taranglashtiruvchi haddan tashqari samarali niqoblarga ega bo‘ladilar.

Hind ayollari tez va keskin o‘zgarish uchun kosmetologlarga murojaat qilmaydilar. Ular yillar davomida odatga aylanib qolgan kundalik parvarishlashga katta ahamiyat beradilar.

Kokos yog‘i va boshqa tabiiy mahsulotlar

Albatta, hind ayollari ham boshqa zamonaviy ayollar kabi tayyor kosmetik vositalar – kremlar, zardoblar, toniklar va losonlardan juda ko‘p foydalanishadi. Lekin ular tabiiy vositalarni ko‘proq afzal ko‘rishadi. Masalan, hind ayollari sochlar go‘zalligi uchun kokos yog‘ini ishlatishadi va uni hech qachon qimmatbaho balzamga almashishmaydi. Terini tozalashda zarchivadan, tana terisi uchun esa – asal va nim daraxti barglarining qaynatmasidan foydalanishadi.

Massaj

Yapon ayollari kabi hind ayollari ham massajga alohida e’tibor berishadi. Hindistonda massaj  yuz terisi va tananing go‘zalligi uchun ham, sog‘lig‘i uchun ham haqiqiy taomil hisoblanadi.

O‘tlar, yog‘lar, xushbo‘y moddalar va ziravorlar bilan massaj qilish Hindistonda juda ommabopdir. Hind ayollari sellyulit bilan kurashishda maydalangan zanjabil va zarchiva aralashmasidan foydalanishadi. Bu aralashmani tananing muammoli joylariga surishadi.

Manba: “Mamas-club.com”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-09-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют