» » Rossiyaning Bryansk viloyatida bolalarga pichoq bilan tahdid qilgan bog‘cha tarbiyachisi 300 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi

Rossiyaning Bryansk viloyatida bolalarga pichoq bilan tahdid qilgan bog‘cha tarbiyachisi 300 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi


Rossiyaning Bryansk viloyati Klimovo qishlog‘i murosa sudi bolalarga pichoq bilan tahdid qilgan, ularning ovqatini tortib olgan, og‘zini skotchlab qo‘ygan bog‘cha tarbiyachisi ustidan ochilgan ish bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Aytilishicha, yosh bolalarga nisbatan zug‘um o‘tkazgan ushbu ayol 300 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi. U voyaga yetmagan bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishda ayblandi.

Ayolning jinoiy ish metodlari haqida huquq-tartibot organlariga bolalarning ota-onasi xabar berdi. Tekshiruv barcha da’volarni tasdiqladi.

Bu kabi voqealar O‘zbekistonda ham kuzatilgan edi. Jumladan, bir necha oy avval ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bolalar bog‘chasida tarbiyachining bolalarni pichoq bilan qo‘rqitayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

Keyinroq esa Farg‘onadagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni urayotgani aks etgan video tarmoqda paydo bo‘lgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют