» » Kichkina oshxonani qanday kengaytirish mumkin? 4 ta g‘oya

Kichkina oshxonani qanday kengaytirish mumkin? 4 ta g‘oya


Agar siz maydoni 10-12 kvadrat metr bo‘lgan oshxona sohibasi bo‘lsangiz ham, baribir sizga u yerda joy yetishmaydi. Sizga oshxona ichidagi joylardan samarali foydalanishga yordam beruvchi bir necha g‘oyalar taklif qilmoqchimiz.

Deraza tokchasining ustida pazandalik kitoblarini, ziravorlarni, choy va qahva solingan idishlarni — shkaflar ichidagi qimmatli joylarni egallaydigan hamma narsalarni qo‘yishingiz mumkin. Agar deraza tokchasida xonaki gullar turgan bo‘lsa, ularni shipga osing, ularning o‘rniga esa idishlar uchun quritgichni qo‘ysangiz bo‘ladi.

Avval ularning ichini yig‘ishtiring va keraksiz narsalarni tashlang. Qutilarning ichiga ovqatlanish anjomlarini, yormalar solingan bankalarni, oshxona mayda anjomlarini taxlab qo‘yish mumkin. Agar siz oshxona mebellarini almashtirishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, unda suriladigan tortmalari bo‘lgan shkaflarni tanlang.

Agar ilib qo‘yilgan shkaflar shipga tegib turmagan bo‘lsa, bundan ham foydalanish mumkin. Yuqorisiga bir necha qutilar qo‘ying. Sotib olgan maishiy texnikaniki ham to‘g‘ri keladi. Quvonchli kayfiyat bag‘ishlash uchun ularni gazlama yoki qog‘oz bilan o‘rash va bezashning o‘zi kifoya. Ularda kam ishlatiladigan idishlarni saqlash mumkin.

Agar shkaflar ichidagi peshtaxtalar orasi yetarlicha balandroq bo‘lsa, bo‘sh qolgan joylarga osma savatchalarni joylashtirsangiz bo‘ladi! Ular oson mahkamlanadi va olinadi. Ularning ichiga oshxona sochiqchalari, piyola va likopchalarni qo‘yishingiz mumkin.

Manba: “Passion.ru”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-09-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют