» » Dubayda Marsga ko‘chish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish uchun hudud barpo etiladi

Dubayda Marsga ko‘chish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish uchun hudud barpo etiladi


Dubay merosxo‘r shahzodasi, Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri Muhammad bin Rashid BAA hukumat yig‘ilishida Marsga ko‘chish bo‘yicha tadqiqotlarga bag‘ishlangan “shahar” loyihasi — Mars Scientific City’ni taqdim etdi. Bu haqda The National mahalliy nashri xabar beradi, deb yozadi “RBK”.

Uni BAA hukumati rahbari 1,9 million kvadrat fut (176,5 kvadrat metrdan ortiq) maydonni egallovchi “noodatiy milliy loyiha” sifatida tanishtirdi. Mars Scientific City loyihasini amalga oshirish uchun hukumat 500 million dirham (136,1 million dollardan ortiq) sarflashni rejalashtirmoqda.

Muhammad bin Rashid “Mars shahri” loyihasi suratini Dubay media-markazi vakillariga ham taqdim etdi. Keyinchalik ular ushbu tashkilotning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi. Suratlarda Dubayda paydo bo‘ladigan ushbu “shahar”, BAA rasmiylari talqiniga ko‘ra, sahroda joylashgan “Bir nechta ulkan biokub”dan iborat ekanligini ko‘rish mumkin.

Biokublar ichida “mars atmosferasi”da o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha tajribalar o‘tkaziladi. Bunda shahar “oziq-ovqat mahsulotlari, suv va energiya” kabi zaxiralarga ega bo‘lib, o‘zini “to‘liq” ta’minlashi lozim.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 05:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют