» » Sochlarni fen yordamida to‘g‘ri quritish qoidalari

Sochlarni fen yordamida to‘g‘ri quritish qoidalari


Biz hatto soch quritish kabi juda oddiy jarayonlarda ham ancha ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin ekan.

Fenni noto‘g‘ri ushlaysiz

Sochlar kutikulasini tekislash uchun havo oqimini yuqoridan pastga tomon yo‘naltirish zarur. Yaxshisi fenni boshqaruvchi qo‘lda ushlagan ma’qul, bu harakatlarning bir tekis va aniq bo‘lishini ta’minlaydi.

Quritishni sovuq havo bilan tugatmaysiz

Sochlar yaltirashi uchun, har bir foydalanishning oxirida sochlar uzunligi bo‘ylab fen yordamida sovuq havo oqimini yuborish kerak. Bunday usul soch tangachalarini tekislaydi va undagi namlikni saqlashga yordam beradi.

Harorat rejimini o‘zgartirmang

Quritishni yaxshisi asta-sekin pasaytirish yo‘li bilan issiq havodan boshlaganingiz ma’qul. Bunda siz sochlarni quritib yubormaysiz va uning ozoda ko‘rinishini saqlab qolasiz. Lekin bu yerda ham me’yorini bilish kerak. Havo haddan tashqari issiq yoki sovuq bo‘lmasligi kerak — bunday quritish sochlaringizga faqat zarar yetkazadi.

Haddan tashqari ho‘l sochlarni quritasiz

Haddan tashqari ho‘l sochlar ko‘proq ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun ular tabiiy ravishda biroz qurigandan keyin fen yordamida quritishga kirishganingiz ma’qul. Shuningdek ho‘l sochlarni tarashni mutlaqo tavsiya qilmaymiz, aks holda ularning tuzilishiga zarar yetkazishingiz mumkin.

Issiqlikdan himoyalovchi vositalardan foydalanmaysiz

Har qanday turmaklashga kirishishdan oldin, hatto fen bilan quritishdan ham oldin, issiqlikdan himoya qiluvchi vositalardan foydalanish zarur! Shunda siz sochlaringizni haroratning zararli ta’siridan himoya qilgan bo‘lasiz. Quritishdan keyin sochlarga qo‘shimcha namlik va yaltiroqlik berish uchun ularning uzunligi bo‘ylab bir tomchi kokos yog‘i surishingiz mumkin.

Manba: “Vashvolos.com”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-09-2017, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют