» » Buxoroda huquq-tartibot idoralariga ishga kiritishga va’da berib, 2500 dolar olmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi (video)

Buxoroda huquq-tartibot idoralariga ishga kiritishga va’da berib, 2500 dolar olmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi (video)


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Buxoro viloyat Kogon tuman bo‘limi tomonidan huquq-tartibot organlari bilan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Akobir Halimov jinoyat ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

U fuqaro Dilmurod Fayziyevning ishonchiga kirib, uni 2500 AQSh dollari evaziga huquq-tartibot organlariga ishga joylab qo‘yishga va’da beradi. Akobir Halimov 2017-yil 25-iyul kuni Kogon shahar Xalqlar do‘stligi ko‘chasida kelishilgan mablag‘ning 500 dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Fuqaro Sirojiddin Shirinov esa tanishi Ozoda Saidovadan “BuxoroAvtoTexXizmat” MChJdan Spark avtomobilini olishiga yordam berishini aytib, 300 AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushdi.

Har ikkala holat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют