» » Peterburglik o‘qituvchi o‘quvchining peshonasiga “ahmoq” deb yozib qo‘ydi. Ota-onalar uni ishdan haydamaslikni so‘ramoqda

Peterburglik o‘qituvchi o‘quvchining peshonasiga “ahmoq” deb yozib qo‘ydi. Ota-onalar uni ishdan haydamaslikni so‘ramoqda


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi maktablardan birining o‘qituvchisi 2-sinf o‘quvchisining peshonasiga “ahmoq” (“durak”) deb yozib qo‘ydi, deya xabar bermoqda TJournal. Voqea 21-sentabrda yuz bergan, ammo bolaning ota-onasi bundan 25-sentabrdagina xabar topgan.

Pedagog aniqlik kiritishicha, o‘quvchi bola sinfdoshlari bilan tanaffus chog‘ida o‘ynab, qo‘llariga flomasterlar bilan chizgan. Shunda o‘qituvchi kim yana o‘ziga “tatuirovka” chizsa, peshonasiga “ahmoq” deb yozib qo‘yishga va’da bergan.

Hodisadan xabar topgach, bolaning onasi o‘qituvchi bilan uchrashgan va vakolatli organlarga ariza berib, uni ishdan ketkizishga erishmoqchi bo‘lgan. Ammo boshqa o‘quvchilarning ota-onalari o‘qituvchining ishdan bo‘shatilishiga qarshi chiqqan. Uning “qilmishi”ga qaramay, ota-onalar uni yaxshi pedagog va inson deb hisoblaydi va vaziyatni boshqa yo‘l bilan hal qilish mumkinligiga ishonadi. Keyinroq bolaning onasi ishdan haydashni juda og‘ir jazo deb hisoblashini aytdi.

O‘qituvchi hamkasblari va o‘quvchilarning ota-onalari oldida uzr so‘radi va “bunday ishga qanday qo‘l urganini haligacha tushuna olmayotgani”ni aytdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют