» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentda aroq zavodi quradi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentda aroq zavodi quradi


O‘zbekiston Prezidenti “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzoladi, deb yozadi Norma.

Toshkentda 2017—2020-yillarda yangi likyor-araq zavodi quriladi. Bu Rossiyaning “SELENA” MChJ kompaniyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hisobiga uning keyinchalik yaratilayotgan Premium Uzbekistan MChJ QK ustav kapitaliga yo‘naltirish hisobiga amalga oshadi.

So‘nggi avlodning ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda “Lyuks” klassdagi spirtidan oliy sifatli likyor-araq mahsulotlarini quyish bo‘yicha “SELENA” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Premium Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etiladi, deyiladi hujjatda.

Qo‘shma korxona “Toshkent mexanika zavodi” AJ ishlab chiqarish quvvatlari maydonlarida joylashtiriladi.
Premium Uzbekistan MChJ QKning birlamchi ustav kapitali ekvivalenti 150,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi, bundan “SELENA” MChJning ulushi 51 foiz miqdorida va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ulushi 49 foiz miqdoridagi pul mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.

Shu bilan bir vaqtda ushbu investor qarzlari hisobidan “Qo‘qon spirt” AJning sanoat ishlab chiqarishlari modernizatsiya qilinadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют