» » Odil Ahmedov OChL finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘la oladimi?

Odil Ahmedov OChL finalida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik bo‘la oladimi?


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.

Shanxayga Yaponiya Jey Ligasining “Urava Red” klubi tashrif buyurdi. Uchrashuvda g‘olibni aniqlashning imkoni bo‘lmadi — 1:1. Odil Ahmedov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 89-daqiqada o‘z o‘rnini xitoylik jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

Tomonlarning javob o‘yini 18-oktabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. 0:0 hisobidagi durang kunchiqar yurt jamoasi foydasiga ishlaydi. “Shanxay SIPG” final uchun yo zafar quchishi yoki gollarga boy durang qayd etishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonlik birorta ham futbolchiga Osiyo Chempionlar Ligasining finalida to‘p surish nasib qilmagan. Odil Ahmedov bu borada birinchiga aylanib olish imkoniyatiga ega.

Yarim finalning ikkinchi o‘yinida “Al-Hilol” yirik g‘alabaga erishdi. Suriya milliy termasi hujumchisi Umar Xarbin unda xet-trikka erishdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi
Yarim final
27-sentabr, chorshanba

Gollar: Xalk, 15 (1:0). Kashivagi, 28 (1:1).

Gollar: Umar Xarbin, 31 (1:0). Yosir Ash-Shahroniy, 40 (2:0). Umar Xarbin, 54 (3:0). Umar Xarbin, 81 (4:0).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-09-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют