» » Meksikada zilziladan oqibatida yetkazilgan zarar 2 milliard dollarga baholandi

Meksikada zilziladan oqibatida yetkazilgan zarar 2 milliard dollarga baholandi


Meksika prezidenti Enrika Penya Neto boshqa sohalarga yo‘naltirilgan mamlakat budjetini qaytadan to‘g‘ri taqsimlash hamda uni Meksika shaharlarini qayta tiklash ishlariga sarflash lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Netoning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida kamida 150 ming uy vayron bo‘lgan. “Hozirda binolar rekonstruksiyasi qo‘shimcha resurslarga muhtoj va bu kelgusi yilda prezident budjeti muhokamasida aks ettirilishi kerak”, — dedi prezident vazirlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Yetkazilgan zarar hozircha 2 milliard dollarga baholanmoqda.

19-sentabr kuni Meksikaning janubida joylashgan Pueblo-de-Saragosa shahridan 98 kilometr janubi-g‘arbda 7,1 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘lgandi. Shundan so‘ng, yana 4,0 magnitudali 11 ta yer osti silkinishi qayd etilgan. Zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 330 kishidan ortdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют