» » Tibbiyot tashkilotlaridagi eskirgan uskunalarni 2023-yilgacha almashtirish shart etib belgilandi

Tibbiyot tashkilotlaridagi eskirgan uskunalarni 2023-yilgacha almashtirish shart etib belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan tibbiy uskunaning ma’nan eskirganlik darajasini aniqlovchi mezonlar tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Belgilanishicha, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yangi tashkil etilayotgan yoki qayta jihozlanayotgan tibbiyot tashkilotlari faqat tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida mavjud bo‘lgan tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga ko‘ra, tibbiyot tashkilotlari uchun tibbiy uskunaning ma’nan eskirganlik darajasi uning ishlab chiqarilgan yili orqali aniqlanadi. Tibbiy uskunaning texnik pasportida yoki yorlig‘ida ko‘rsatilgan ekspluatatsiya muddati tugagandan keyin u ma’nan eskirgan hisoblanadi. Ekspluatatsiya muddati ko‘rsatilmagan hollarda, u ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 15 yil o‘tgandan keyin ma’nan eskirgan hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday tibbiy uskunalardan foydalanish taqiqlanadi.

Tibbiyot tashkilotlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatilmagan hamda ma’nan eskirgan tibbiy uskunalarni 2023-yilning 1-yanvarigacha yangi uskunalarga almashtirishi lozim.

Yangi tashkil etilgan tibbiyot tashkilotlari ma’nan eskirgan tibbiy uskunalardan foydalanishi taqiqlanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют