» » Eron TIV: AQSh uchun Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonish asosiy maqsad bo‘lmay qoldi

Eron TIV: AQSh uchun Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonish asosiy maqsad bo‘lmay qoldi


Nyu-Yorkdagi Osiyo jamiyatida chiqish qilgan Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQShning Suriyadagi harakatlariga baho berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. 

“Nazarimda, bugungi kunda ustuvor qo‘rilayotgan maqsadlar o‘zgargan. AQSh hukumati uchun IShID ustidan g‘alabadan ko‘ra Suriya hukumati Iroq bilan chegarada nazorat o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimroq ko‘rinadi”, — dedi Muhammad Javod Zarif.

Vazir Suriyadagi vaziyatni bartaraf etishda Eron oldida turgan vazifaga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Biz Suriyada kimnidir qo‘llab-quvvatlash uchun emas, terrorchilarga qarshi kurashish uchun bo‘lib turibmiz”, — ta’kidladi Eron TIV rahbari. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют