» » Bangkok dunyoning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shahri deb topildi 

Bangkok dunyoning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shahri deb topildi 


MasterCard kompaniyasi xususiy mijozlarning xalqaro tranzaksiyalari tahlilini o‘tkazdi va 2016-yilda dunyoning sayyohlar orasida eng ommalashgan shaharlarini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Kompaniya ekspertlari jahonning 132 yirik shahri bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rgandi va o‘tgan yili sayyohlar soni jihatidan Bangkok yetakchi bo‘lgani haqidagi xulosaga keldi. 2016-yilda Tailand poytaxtida 19,41 million kishi to‘xtab o‘tgan.

Ikkinchi o‘rinda 19,04 million xorijlik bilan London, uchinchi o‘rinda esa 15,45 million mehmonni qabul qilib olgan Parij qayd etildi.

Sayyohlar orasida eng mashhur shaharlar o‘nligiga, shuningdek, Dubay, Singapur, Nyu-York, Seul, Kuala-Lumpur, Tokio va Istanbul ham kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют