» » Deputat: Yangi qonun loyihasi bo‘yicha, jinoyat quroli ayblanuvchiga tegishli bo‘lmasa, musodara qilinmaydi. Egasiga qaytariladi

Deputat: Yangi qonun loyihasi bo‘yicha, jinoyat quroli ayblanuvchiga tegishli bo‘lmasa, musodara qilinmaydi. Egasiga qaytariladi


Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)ga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (MJtK)ga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinib, ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bu haqda palata deputati Davron Oripov ma’lum qildi.

Oripovning qayd etishicha, amaldagi JPKning 211-moddasiga asosan tashkilot (muassasa, korxona) va fuqarolarning mulkidan foydalangan holda jinoyat sodir qilish jarayonida jinoyatchilar tomonidan foydalanilgan jinoyat qurollari — kimga tegishliligidan qat’iy nazar — musodara qilinishi belgilangan.

Ya’ni, mazkur mulk egalari jinoyatda qatnashmagan, ishtirokchi gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi bo‘lmaslar-da, ularning mulki musodara qilinishi mumkin.

JPKning 2031-moddasiga muvofiq, ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan — jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek, jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat quroli hisoblanadi.

“Bugungi kunga qadar JPKning 211-moddasiga muvofiq, jinoyat quroli — kimga tegishliligidan qat’i nazar — musodara qilinishi kerak bo‘lgan va tegishli muassasalarga topshirilgan yoki yo‘q qilib yuborilgan”, — deydi deputat Oripov.

Deputatning qayd etishicha, “O‘zbekiston jahonda xususiy mulk va mulkdorlarning huquqlarini himoya qilish kafolatlari yuzasidan qat’iy o‘z o‘rniga ega. Shunga ko‘ra, qonun loyihasi bilan mulk jinoyat quroli sifatida foydalanilganda, mulkdorning aybi bo‘lmagan holatlar bo‘yicha musodara qilish mumkin emasligi o‘rnatilmoqda”.

Qonun loyihasiga muvofiq, yuqoridagi talabga o‘zgartish kiritilib, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerakligi va tegishli muassasalarga topshirilishi yoki yo‘q qilib yuborilishi nazarda tutilmoqda. Jinoyat qurollari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan taqdirda, ular mulkdorlariga qaytarib beriladi.

Davron Oripov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Mavzuga doir: Toshkentda 6 oy ichida 400 dan ortiq fohishalik bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют