» » Kamroq kaloriya iste’mol qilishning 9 yo‘li

Kamroq kaloriya iste’mol qilishning 9 yo‘li


Bu maqolamizda sizga kun davomida qiyinchiliksiz va sog‘liqqa zarar yetkazmasdan kamroq kaloriya iste’mol qilishning asosiy yo‘llari haqida aytmoqchimiz.

Qahva va choyga shakar va qaymoq qo‘shmang

Agar siz har kuni bir piyoladan ko‘p qahva ichayotgan bo‘lsangiz, bir hafta davomida bir necha yuz ortiqcha va foydasiz kaloriyalarga ega bo‘lasiz.

Nonushtada ko‘proq kletchatkalar yeng

Kletchatka uzoq vaqt to‘q tutadi va u “yaxshi” kaloriyalardan tashkil topgan. Amerika olimlari nonushtada suli iste’mol qiladiganlar shirin yormalar yoki xamirli ovqatlar yeydiganlarga qaraganda kun davomida 30%ga kam kaloriya olishlarini aniqladilar.

Shirin ichimliklarni suvga almashtiring

Bir banka shirin ichimlik tarkibida 150—200 kaloriya mavjud. Agar siz gazlangan ichimlikni yaxshi ko‘rsangiz, uni meva bo‘lakchalari qo‘shilgan mineral suvga almashtiring. Bunday ichimlik do‘kondan olingan gazli ichimlikdan ko‘ra ancha foydaliroq bo‘ladi.

Butun kun davomida oqsil yeng

Har bir ovqatlanishingizga protein qo‘shishga harakat qiling: bu sut mahsulotlari, tovuq, yong‘oqlar, dukkaklilar bo‘lishi mumkin. Protein va uglevodlarga boy bo‘lgan ovqatlar uzoq vaqt to‘q tutadi va kechqurun ochlik xurujining oldini olishga yordam beradi.

Salatlar uchun qo‘shimchalarga e’tibor bering

Agar siz kam kaloriyali taom tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, salatga qovurilgan non, bekon yoki yog‘li qaylalar qo‘shish — yaxshi fikr emas. Yaxshisi kaloriyali qayla o‘rniga limon sharbati, bekonning o‘rniga greypfrut bo‘lagini ishlatganingiz ma’qul.

Ovqatni ochiqishdan oldin tanlang

Agar siz och qolgan paytingizda qo‘lingiz ostida nima bo‘lsa ham yeyishga tayyor ekanligingizni bilsangiz, u holda bunga oldindan tayyorlaning.

Ovqatni uyda tayyorlang

Ba’zi restoran va kafelarda taomlar palma, soya va boshqa sifati past bo‘lgan o‘simlik yog‘lariga tayyorlanadi. Uyda tushlik tayyorlashga yarim soat vaqt va oddiy masalliqlar kerak bo‘ladi.

Yog‘siz ovqat tayyorlang

Bir qoshiq yog‘ tarkibida 50—70 kaloriya mavjud. Buning ustiga ko‘pchilik yog‘lar qizdirish paytida organizm uchun xavfli bo‘lgan kanserogen moddalar hosil qiladi.

Televizor qarshisida ovqatlanmang

Odam televizorga yoki telefonga qarayotganda uning butun diqqat-e’tibori ovqatga emas ma’lumotlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Aynan shuning uchun u odatdagidan ko‘proq yeyotganini sezmay qoladi. Shu sababli jimlikda va gadjetlarsiz yeyishga harakat qiling.

Manba: Rambler Weekend

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют