» » Ruminiya AQShdan 36 ta F-16 samolyotini xarid qiladi

Ruminiya AQShdan 36 ta F-16 samolyotini xarid qiladi


Ruminiya Portugaliyadan xarid qilinayotgan 12 ta F-16 samolyotiga qo‘shimcha ravishda AQShdan yana 36 ta shunday rusumdagi havo kemalarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Mixay Fifor ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Portugaliyaning Monte-Realida Ruminiya tomoniga ikki davlat hukumatlari shartnomasi doirasida 3 ta F-16 samolyotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, mazkur qurilmalar olingach, Ruminiya ko‘p nishonli F-16 Fighting Falcon samolyotlarini ishga tushirishning birinchi bosqichini yakunlaydi.

“Bu gal Portugaliyadan emas, AQShdan yana shunday qurilmalarni xarid qilish muhokamasi jarayonidamiz. Xarid narxi bilan tanishish uchun zarur hujjatlarni taqdim etdik. Muzokaralarning boshlang‘ich bosqichidamiz, 36 ta samolyot sotib olish rejalashtirilgan”, — dedi Mixay Fifor.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют