» » Iroq Kurdistonidagi aeroport direktori xalqaro reyslar to‘xtatilishini tasdiqladi

Iroq Kurdistonidagi aeroport direktori xalqaro reyslar to‘xtatilishini tasdiqladi


Iroq Kurdistoni ma’muriy markazi — Arbildagi aeroportga xalqaro reyslar to‘xatiladi. Buni aeroport direktori Talar Foiq Solih tasdiqladi, deya xabar beradi “TASS”.

Uning aytishicha, Arbilga parvozlar 29-sentabr, juma kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 dan boshlab to‘xtatiladi.

Iroq Kurdistoni mustaqilligi to‘g‘risidagi referendumning ertasiga, 26-sentabr, seshanba kuni Iroq hukumati kurd avtonomiyasi rahbariyatiga Bag‘dodga barcha chegara punktlari va aeroportlar boshqaruvini topshirishga 72 soat vaqt bergandi. Biroq Arbil mazkur talabni rad etdi.

Iroq fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi xorijiy kompaniyalarni Arbil va Sulaymoniyadagi aeroportlarga barcha fuqarolik reyslarini amalga oshirish to‘xtatilishini yetkazdi.

Egypt Air (Misr), Middle East Airlines (Livan), Royal Jordanian Airlines (Iordaniya), Fly Dubai (BAA), shuningdek, Turkiyaning Turkish Airlines, Atlas Global va Pegasus aviakompaniyalari parvozlarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilishga ulgurdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют