» » Bali orolidagi vulqonning faolligi sabab 96 ming kishi evakuatsiya qilindi

Bali orolidagi vulqonning faolligi sabab 96 ming kishi evakuatsiya qilindi


Bali orolida uyg‘ongan Agung vulqoni tufayli kamida 96 ming kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi “TASS”.

Avvalroq, 76 ming kishining evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.

Orolda hozirgi vaqtda 800 dan ortiq vulqon zilzilasi kuzatilgan.

27-sentabr kuni Indoneziya transport vaziri oroldagi vulqon faolligi tufayli xalqaro aeroportining yopilishi ehtimoli mavjudligi haqida ogohlantirgan edi.

Transport vaziri shuningdek, favqulodda vaziyat uchun tayyorlab qo‘yilgan 10 ta qo‘shimcha aeroport va sayyohlar orolni tark etishi uchun hozirlab qo‘yilgan avtobus va paromlar haqida ma’lumot bergan edi.

Agung vulqonining otilishi so‘nggi marta 1963-yilda qayd etilgan. O‘shanda 1,5 mingdan ziyod kishi halok bo‘lgan yana 100 ming kishi esa turar-joyidan ayrilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-09-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют