» » Parijdagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Bavariya” Karlo Anchelottini iste’foga chiqardi

Parijdagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Bavariya” Karlo Anchelottini iste’foga chiqardi


Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Kecha — 27-sentabr kuni “Bavariya” Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turini “PSJ” maydonida o‘tkazib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Aynan shu mag‘lubiyat klub va murabbiy o‘rtasidagi bitimning tugatilishi uchun asosiy omil bo‘ldi.

Jamoamizning mavsum startidagi natijalaridan ko‘ngil to‘lmayotgandi. Kecha biz “PSJ”dan yirik hisobda mag‘lub bo‘ldik. Hasan Salixamijich va men bugun Anchelotti bilan jiddiy suhbat o‘tkazib, unga qarorimiz haqida ma’lum qildik.

Karl-Xaynts Rummenigge, “Bavariya” boshqaruvi raisi

58 yoshli italiyalik mutaxassis Bundesliga yetakchisini 2016-yilning yozida qabul qilib olgandi. Uning boshqaruvida “Bavariya” bir marta Germaniya chempionligi va ikki marta Superkubogini qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasidagi ilk mavsumida chorak finalda to‘xtagan “Bavariya”, bu yil 2-turdayoq 2001-yildan buyon guruh bosqichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

“Bavariya” Germaniya Bundesligasida asosiy raqobatchisi “Borussiya Dortmund” va “Xoffenxaym”dan keyin uchinchi bo‘lib turgandi. Mana shu sabablar bir bo‘lib, Anchelotti Germaniya bilan xayrlashdi.

Bundesliga doirasidagi “Gerta”ga qarshi o‘tadigan navbatdagi o‘yinga “Bavariya”ni 40 yoshli Villi Sanyol boshlab chiqadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют