» » Tibbiy ekspertiza Otto Uormbirning o‘limi sababini aniqlay olmadi. U KXDRdan qaytgach, bir haftadan so‘ng vafot etgan edi

Tibbiy ekspertiza Otto Uormbirning o‘limi sababini aniqlay olmadi. U KXDRdan qaytgach, bir haftadan so‘ng vafot etgan edi


AQShda Shimoliy Koreyada 15 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan amerikalik talaba Otto Uormbir vafot etishining sabablari yuzasidan o‘tkazilgan tibbiy ekspertizma yakunlandi. Bu haqda Meduza xabar qildi.

Aniqlanishicha, Uormbirning o‘limiga sabab miyaga yetarli darajada kislorodning kelmasligidir. Ammo kislorod yetishmovchiligining sabab o‘rnatilmadi.

Tekshiruv davomida, shuningdek, Uormbirning tanasidan qiynoq izlari topilmadi. Koroner Lakshmi Sammarkoning so‘zlariga qaraganda, Uormbirga nima bo‘lgani haligacha aniq emas va bu hech qachon aniqlanmasligi ham mumkin.

Uormbirning ota-onasi televideniye orqali chiqqanida o‘g‘li qiynoqqa solinganday tasavvur uyg‘otganidan so‘ng Sammarko xonim tekshiruv natijalarini oshkor etdi. Xususan, ular farzandining tishlari go‘yoki jag‘i jiddiy jarohatlanganday ko‘ringanini aytib o‘tgan edi. Ammo Sammarko talabaning tishlari biror-bir zararlanish aniqlanmaganini ta’kidlab o‘tdi.

Otto Uormbir 2016-yili KXDRda 15 yilga qamalgan edi. U Shimoliy Koreyaga turist sifatida kelgan, ammo Pxenyandagi mehmonxonada tashviqiy plakatni o‘g‘irlaganlikda ayblangan edi.

2017-yil 13-iyunda Uormbirning tanasi AQShga qaytarildi. U vegetativ ahvolda bo‘lib, o‘ziga kelmagan holda bir oydan so‘ng vafot etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют