» » OTB 2017-yil uchun O‘zbekiston YAIMining o‘sish prognozini pasaytirdi

OTB 2017-yil uchun O‘zbekiston YAIMining o‘sish prognozini pasaytirdi


Osiyo taraqqiyot banki 2017-yil uchun O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 0,2 foiz punktiga, 6,8 foizgacha tushirdi. Bu haqda bankning “Osiyo taraqqiyotining yangilangan sharhi 2017” hisobotida aytiladi, deb xabar beradi UzDaily.

Bank prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018-yili 7,3 foizga o‘sadi. Prognoz 0,2 foiz punktiga yaxshilandi.

Bank mutaxassislarining qayd qilishicha, YAIM o‘sishi biroz sekinlashadi, negaki iqtisodiyot so‘m devalvatsiyasi hamda valyuta siyosati liberallashuviga moslashmoqda. OTB ekspertlari islohot natijalari 2018-yili iqtisodiyot o‘sishiga olib keladi deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, OTB O‘zbekistondagi inflyatsiya prognozini 2017-yil uchun 9,5 foizdan 11foizgacha, 2018-yil uchun 10 foizdan 12 foizgacha ko‘tardi. Bank 2017 va 2018-yillari narxlarning o‘sishi milliy valyuta devalvatsiyasi bilan bog‘liqligini qayd qildi.

OTBga ko‘ra, joriy operatsiyalar saldosi O‘zbekistonda 2017-yili YAIMning 0,1 foizi darajasida qoladi (apreldagi prognoz 0,2 foiz edi); 2018-yili bu ko‘rsatkich 0,5 foizni tashkil etadi (eski prognoz 0,4 foizni tashkil etadi).

Hisobotda qayd qilinishicha, O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMning 15,1 foizini tashkil qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-09-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют