» » Yer magnit bo‘roni ta’siri ostida turibdi

Yer magnit bo‘roni ta’siri ostida turibdi


Shu kunlarda Yer tezkor Quyosh shamoli oqimiga tushib qolgani uchun sayyora uchinchi darajali magnit to‘foni ta’siri ostida qolmoqda. Bu haqda Rossiya FA P. N. Lebedev nomidagi Fizika instituti ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Kuchli magnit bo‘roni (besh ballik shkala bo‘yicha 3-daraja) 28-sentabr kuni ro‘y bermoqda, sayyora tezkor Quyosh shamoli oqimiga tushib qolishi bunga sabab bo‘lmoqda. Buni Quyosh–Yer chizig‘ida, L1 gravitatsion muvozanat nuqtasida turgan ACE kosmik apparati ma’lumotlari ko‘rsatmoqda”, — deyiladi xabarnomada.

Yer tezkor shamol oqimiga bir kun oldin kirib qolgan edi. Atrofdagi plazma tezligi o‘shanda sekundiga 300–350 kilometrni tashkil qilayotgan edi. Oqim bilan ilk to‘qnashuv Yer magnit maydonini ta’sirchan holatga keltirib qo‘ydi. Yarim tunda Yerga kelayotgan shamol tezligi sekundiga 650–700 kilometrni tashkil etdi.

Yer oqimda yana bir sutka qoladi. Yer magnit maydoni 29-sentabr kuni butunlay tinchlanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют