» » Shimoliy Koreya amerikalik talaba qiynoqqa solinganini inkor qildi

Shimoliy Koreya amerikalik talaba qiynoqqa solinganini inkor qildi


KXDR vakillari amerikalik talaba, mamlakatdan qaytishi bilan olamdan o‘tgan Otto Uormbir Shimoliy Koreyada hibsda tutib turilganida qiynoqqa solinmaganini ma’lum qildi. Bu haqda, KXDR TIV bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Reuter’ga ko‘ra, TIV vakili talabaning qiynalishi bilan bog‘liq ayblovlarni “asossiz tuhmat” deb atagan. Uning so‘zlariga qaraganda, Shimoliy Koreya, Uormbirning “dushmanona xatti-harakatlari”ga qaramay, unga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Ilgariroq talabaning o‘limi yuzasidan tibbiy ekspertiza o‘tkazgan mutaxassis uning tanasidan qiynoq izlari topilmaganini bildirgan edi.

Otto Uormbir 2016-yili KXDRda 15 yilga qamalgan edi. U Shimoliy Koreyaga turist sifatida kelgan, ammo Pxenyandagi mehmonxonada tashviqiy plakatni o‘g‘irlaganlikda ayblangan edi.

2017-yil 13-iyunda Uormbirning tanasi AQShga qaytarildi. U vegetativ ahvolda bo‘lib, o‘ziga kelmagan holda bir oydan so‘ng vafot etdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют