» » O‘zbekistonda ayollar va bolalarning oziqlanishi bo‘yicha milliy tadqiqot o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ayollar va bolalarning oziqlanishi bo‘yicha milliy tadqiqot o‘tkaziladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi va YuNISEF O‘zbekistondagi ayollar va bolalarning oziqlanishi bo’yicha holatlarini aniqlash maqsadida milliy tadqiqotni boshlamoqda. Bu haqda “Daryo”ga YuNISEF vakillari ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va YuNISEF boshlanajak tadqiqot samarali tarzda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ma’lumot yig‘uvchi mutaxassislar uchun o‘quv seminarini tashkil etdi.

Milliy tadqiqotni o‘tkazish shu yilning oktabr oyiga rejalashtirilgan va u O‘zbekistondagi ayollar va bolalar o‘rtasida yetarlicha oziqlanmaslik darajasini har tomonlama baholab berishi kutilmoqda. Ushbu tadqiqot oziqlanish holati bo‘yicha mintaqaga xos ilk ma’lumotlarni taqdim etadi.

“Xalqaro miqyosda taqqoslash imkoni mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ehtiyoj mavjudligiga yaqinda mamlakat Prezidenti va Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan urg‘u berildi. Tadqiqot aynan shu muhim ehtiyojni qondirishga o‘z hissasini qo‘shadi”, — dedi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Afshin Parsi.

“Muhim ko‘rsatkichalr bo‘yicha to‘g‘ri tasniflangan va ishonarli ma’lumotlarga ega bo‘lishi esa O‘zbekistonda ayollar va bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlarini rejalashtirish va monitoringini olib borishda yordam beradi”, — qo‘shimcha qildi u.

O‘quv seminarida tadqiqotda amalga oshirilajak barcha bosqichlarni sinov amaliyotidan o‘tkazish, so‘rovnoma suhbatlarini mashq qilish, ma’lumot yig‘ish jarayonida qo‘llaniladigan elektron uskunalarni ishlatib ko‘rish, bo‘y va vaznni o‘lchashni hamda biologik namunalar yig‘ishni mashq qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют