» » Germaniya harbiylari Turkiyadagi Injirlik bazasini tark etdi

Germaniya harbiylari Turkiyadagi Injirlik bazasini tark etdi


Germaniya qurolli kuchlari — Bundesver Turkiyadagi Injirlik harbiy-havo bazasida joylashgan kontingentni olib chiqdi. Bu haqda Germaniya harbiy idorasidagi manbalariga tayangan holda Deutsche Welle radiosi ma’lum qilmoqda.

Aytilishicha, Germaniya harbiy kontingentining Iordaniyadagi al-Asrak harbiy bazasiga o‘tkazilishi shu yil oktabrida yakunlanadi. U yerdan Bundesver xalqaro koalitsiyaning IShIDga qarshi operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Injirlikda jami 260 nafar germaniyalik askar va zobit, shuningdek, oltita “Tornado” razvedkachi samolyoti va bitta uchuvchi tanker bor edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют