» » Politsiyadan yashirinmoqchi bo‘lgan yaponiyalik haydovchi mashinani olomon ichidan haydab o‘tdi (video)

Politsiyadan yashirinmoqchi bo‘lgan yaponiyalik haydovchi mashinani olomon ichidan haydab o‘tdi (video)


Yaponiya poytaxti Tokio shahrida politsiyadan yashirinayotgan avtomobil haydovchisi o‘nlab odamlarni urib ketishiga bir bahya qoldi. Hodisa aks etgan video Japan Today gazetasi tomonidan e’lon qilingan.

Hodisa shaharning eng gavjum chorrahasi hisoblangan Sibuyada yuz bergan. Videodan ayon bo‘ladiki, qora avtomobil piyodalar o‘tish joyiga kirib keladi, keyin esa tezlashgan holda qizil chiroqda yana ikkita piyodalar o‘tish joyini kesib o‘tadi. Bu vaqtda mashinani politsiyachilar ta’qib qilgan.

Avtomobil yaqinlashayotganda chorrahadagi odamlar turli tomonga qochgan, hech kim jabrlanmagan. Bir erkak mashinaga oyog‘i bilan zarba berishga uringan va yiqilib tushgan.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar mashinani tekshirish uchun to‘xtatgan. Ular savol bera boshlagach, haydovchi qochishga qaror qilgan. Oxir-oqibat uni tutishga muvaffaq bo‘lingan yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют