» » Sankt-Peterburgda o‘quvchining peshonasiga “ahmoq” deb yozgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Sankt-Peterburgda o‘quvchining peshonasiga “ahmoq” deb yozgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi maktablardan birida 2-sinf o‘quvchisining peshonasiga “ahmoq” (“durak”) deb yozgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda maktab joylashgan hudud ma‘muriyatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Mavzuga doir: Peterburglik o‘qituvchi o‘quvchining peshonasiga “ahmoq” deb yozib qo‘ydi. Ota-onalar uni ishdan haydamaslikni so‘ramoqda

“O‘qituvchi qilgan qo‘pol ishi uchun ishdan bo‘shatildi. Kecha uning so‘nggi ish kuni edi, biroq tekshiruv o‘tkazish boshlanganidan buyon u o‘quvchilarga dars o‘tmagan”, — deb ma’lum qilgan nashrga xabar bergan vakil.

Qaror xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra qabul qilingan. Tekshiruvda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchining peshonasiga yozuv yozilgani tasdiqlangan.

Avvalroq Rossiyaning Bryansk viloyati Klimovo qishlog‘ining murosa sudi bolalarga pichoq bilan tahdid qilgan, ularning ovqatini tortib olgan, og‘zini skotchlab qo‘ygan bog‘cha tarbiyachisi ustidan ochilgan ish bo‘yicha hukm chiqargani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют