» » Rossiya Mudofaa vazirligi HKK zarbasi oqibatida Idlibning 150 nafar fuqarosi halok bo‘lganligini rad etdi

Rossiya Mudofaa vazirligi HKK zarbasi oqibatida Idlibning 150 nafar fuqarosi halok bo‘lganligini rad etdi


Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakat Havo-kosmik kuchlari zarbalari oqibatida Suriyaning Idlib viloyatida 150 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda boshqarma vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Aviazarbalar qurbonlari haqida avvalroq Reuters agentligi xabar qilgan edi. Konashenkov Rossiya samolyotlari tinch aholi orasida qurbonlar oldini olish uchun aholi punktlaridagi turar-joy kvartallariga zarbalar bermasligini ta’kidlab o‘tdi.

“Go‘yoki qurbon bo‘lgan tinch aholi haqida xabar berayotgan Britaniyaning Reuters agentligi havola berayotgan Suriyaning ‘Fuqarolik mudofaasi’ bu o‘sha ‘Oq kaskalar’dir ”, — deydi Mudofaa vazirligi vakili.

Igor Konashenkov Rossiya Havo-kosmik kuchlarining nishonlari uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida aniqlangan va albatta boshqa kanallar bo‘yicha tasdiqlangan terrorchilar bazalari, bronetexnika va o‘q-dori omborlari ekanligini qo‘shimcha qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют