» » Pentagon: IShID barcha frontlarda mag‘lubiyatga uchramoqda

Pentagon: IShID barcha frontlarda mag‘lubiyatga uchramoqda


IShID terrorchilik guruhi jangarilari “barcha frontlarda — Iroqda ham, Suriyada ham, mag‘lubiyatga uchramoqda”. Bu haqda Amerika quruqlikdagi qo‘shinlari polkovnigi Rayan Dillon ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. U Iroq va Suriyada AQSh rahbarligidagi mamlakatlar guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan “Sabotli qat’iyat” operatsiyasi shtabi rasmiy vakili hamdir.

“IShID ham Iroqdagi, ham Suriyadagi so‘nggi istehkomli tumanlarini saqlab qolishga noiloj intilgan holda, barcha frontlarda mag‘lubiyatga uchramoqda”, — dedi polkovnik.

“Iroqda ayni paytga qadar jami maydoni 42 ming kvadrat km bo‘lgan hududni jangarilardan tozalashga muvaffaq bo‘ldik, 4 milliondan ziyod kishi ortiq IShID nazorati ostida emas”, — dedi u.

Polkovning aytishicha, Suriyaning Raqqa shahrida dahalarning 75 foizdan ortig‘i jangarilardan ozod etilgan. Jangarilardan tozalangan hududlarning jami maydoni 44 ming kvadrat kilometrdan oshadi. 2 millionga yaqin kishi IShID nazorati ostidan ozod qilingan.

Dillon qayd etishicha, Raqqada 400 dan 800 gacha IShID jangarilari qolgan bo‘lishi mumkin, ularning ko‘pchiligini chet ellik yollanma askarlar tashkil qiladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют