» » Shvetsiya Rossiyaning mamlakatdagi parlament saylovlariga aralashuvidan xavotir bildirdi 

Shvetsiya Rossiyaning mamlakatdagi parlament saylovlariga aralashuvidan xavotir bildirdi 


Shvetsiyada Rossiyaning 2018-yili mamlakatda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga aralashuvi ehtimolidan xavotir mavjud. Bu haqda Shvetsiyaning Moskvadagi elchisi Peter Erikson ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Turli muassasalar, jurnalistlar va tadqiqotchilar Rossiya davlati hamda ayrim rossiyaliklarning Shvetsiyadagi bahslarga ta’sir o‘tkazishga harakatlarini payqadi. Bu saylovlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas. Bo‘rttirishni istamasdim, biroq bu bor holat”, — dedi Erikson.

Diplomatga ko‘ra, Shvetsiya rasmiylari mahalliy saylovlarga chetdan aralashish imkoniyatidan tashvishlanmoqda, biroq buning dalillari oshkor bo‘lishi ehtimoldan yiroq.

Ma’lumot uchun, Shvetsiya parlamenti — riksdagga saylovlar 2018-yil sentabriga mo‘ljallangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют