» » Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshi modeli 850 ming dollarga sotildi

Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshi modeli 850 ming dollarga sotildi


Nyu-Yorkdagi Bonhams auksionida Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshi sinov modellaridan biri 847, 5 ming dollarga sotildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Boshlang‘ich narxi 150 ming dollar bo‘lgan lotni sotib olgan va auksionda telefon orqali ishtirok etgan xaridor o‘zini oshkor qilmaslikni ma’qul ko‘rdi.

Model 1957-yilda sun’iy yo‘ldosh uchirilishidan avval laboratoriya sinovlari uchun tayyorlangandi. U parvoz qilgan qurilmani to‘liq takrorlaydi va ishlovchi uzatgich bilan ta’minlangan. Lotni avstriyalik Xayns Miller sotdi.

Shunga o‘xshash model Bonhams auksionida 2016-yili rossiyalik muhandis Aleksandr Rudakov tomonidan 269 ming dollarga sotilgandi.

Auksion vakillariga ko‘ra, xususiy kolleksiyalarda jami 4 ta shunday model mavjud. Yana ikkisi Korolev (Rossiya) va Sietl (AQSh) shaharlaridagi muzeylarda saqlanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют