» » Tramp Si Szinpinni “Xitoyning oxirgi 100 yil mobaynidagi eng qudratli yetakchisi” deb atadi

Tramp Si Szinpinni “Xitoyning oxirgi 100 yil mobaynidagi eng qudratli yetakchisi” deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni “eng qudratli yetakchi” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Tramp xususiy xayriya oqshomidagi chiqishi davomida shunday fikr bildirdi.

“U Xitoyning oxirgi 100 yil mobaynidagi eng qudratli yetakchi bo‘lsa ajab emas. Biz yaqin aloqalar o‘rnatganmiz”, — dedi AQSh prezidenti.

Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatga to‘xtalar ekan, Tramp bu muammoni bir necha yil avval hal etish zarur bo‘lganini yana bir bor ta’kidladi. U KXDR yetakchisi uchun o‘ylab topgan “raketa-odam” laqabini esa haqorat emas, aksincha, hatto maqtov sifatida qabul qilish mumkin edi. Biroq Kim Chen In uni “qariya” deb ataganidan so‘ng buni javobsiz qoldirmaslikni lozim topdi.

“Endi uni ‘kichkina raketa-odam’ deb nomlayman”, — izoh berdi Tramp.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют